xidrlik-qalasi-usmonli-imperiyasining-bolqondagi-eng-muhim-harbiy-hududlarida

Xidrlik qal'asi - Usmonli imperiyasining Bolqondagi eng muhim harbiy hududlaridan biri

Turklarning Bolqondagi 600 yillik tarixiga guvoh bo'lgan Edirnedagi Bolqon Tarixi muzeyiga oxirgi 4 oyda 16 ming kishi tashrif buyurdi.

18 Mayıs 2022 16:55

Ma'lumki, Usmonlilar imperiyasining Bolqondagi eng muhim harbiy hududlaridan biri bo'lgan Xidrlik qal'asi muzeyga aylantirilgan.

Muzeyda Mehmet Shukru Posho va Usmonli podshohi Fotih Sulton Mehmet haykallarini ko'rish mumkin.

Muzey eksponatlari Bolqonda Usmonlilar hukmronligining 600 yillik davrini yoritib beradi.

Muzeyda tarixiy qadriyatlar va Bolqon urushlari haqida ma'lumotlar mavjud. Har bir tarixiy voqea uchun maxsus  maketlar va lavhalar tayyorlangan. Shu sababli, muzeyga tashrif buyuruvchilar o'sha davrni to'liq his qilishi mumkin.

Muzeyda 22 ta ofis, 18 ta artilleriya xonasi, 120 metrli tunnel va 4 ta yo‘lak mavjud.

Muzeyda “Edirna sultonlari”, “Bolqonlarda Usmonli me’morchiligi”, “Usmonlilar hukmronligi ostidagi Bolqonlar”, “Edirnaning Usmonlilar imperiyasiga qo'shib olinishi”, “Edirne qo‘mondonlari”, “Bolqon urushlari kundaligi”, “Urush yuqumli kasalliklari va qochqinlar” kabi mavzulardagi eksponatlar mavjud.

Yangiliklar