xivaning-mashhur-juma-masjidi

Xivaning mashhur Juma masjidi

Juma masjidi o'ymakorlik san'ati bilan bezatilgan betakror ustunlarga ega

03 Temmuz 2022 10:31

18-asr yodgorligi  bo’lmish Juma masjidi Ichanqal’aning markaziy qismida joylashgan.

Bu yerda saqlanib qolgan yog‘och ustunlar tarixi esa  10-16-asrlarga borib taqaladi.

Masjiddagi 212 ta ustunning har biridagi qo‘l mehnati tarixning bir sahifasini yoritadi.

Bu yerda joylashgan ustunlardagi naqshlar bir-biridan farq qiladi.

Boshqa tomondan, ustunlar shu qadar chiroyli tarzda joylashtirilganki, minbardan qaralganda, hech qanday ustun ikkinchisini to’smaydi.

Jamoat nomozidagi har bir kishi  imomni ko'ra oladi.

Masjid o‘rtasida kichik hovuz bo‘lib, shiftida shamollatish va yoritish uchun ochiq joy qoldirilgan.

2 mingga yaqin kishi bir vaqtning o‘zida namoz o‘qishi mumkin bo‘lgan ushbu masjiddan bugungi kunda muzey sifatida foydalanilmoqda.

Yangiliklar