xivaning-mashhur-minoralari

Xivaning mashhur minoralari

Minoralar-O'zbekistonning qadimiy Xiva shahrining ramziga aylanib ulgurgan

19 Haziran 2022 13:59

Xiva minoralari o‘zining betakror me’morchiligi, shahardagi tarixiy yodgorliklar orasida alohida o‘rin tutadi.

Shaharda minoralarning ko‘pligi O‘rta Osiyo me’morchiligida har bir masjidda kamida bitta minora bo‘lishi an’anasining yaqqol ramzidir.

Ichanqal’aning eng markazida joylashgan, balandligi 44,6 metr bo'lgan Islomxo'ja minorasi Xivadagi eng baland minora hisoblanadi.

Mazkur minoraning qurilishi 1908 yilda yakunlangan.

Oʻrta Osiyo meʼmorchiligidagi muhim  yodgorliklaridan yana biri 1855 yilda qurilgan 26 metr balandlikdagi Kaltaminor ham Xivada joylashgan.

Kaltaminor dastlab Markaziy Osiyodagi eng baland minora sifatida rejalashtirilgan, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra qurilish to‘xtab qolgan  va  ushbu yodgorlik  mintaqaning eng past minorasiga aylangan.

Yangiliklar