xorazm-davlatining-poytaxti-bo-lgan-ko-hna-urganch-shahri

Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan Ko’hna Urganch shahri

Turkiy xalqlar me'morchiligining noyob yodgorliklarini o’z ichiga olgan ushbu shahar Markaziy Osiyodagi eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biridir

09 Mayıs 2021 11:46

Turkmaniston-qadim tarixga va boy madaniyatga ega bo’lgan davlatdir. Ushbu davlatning eng qadimgi shaharlaridan biri esa - Koʻhna Urganchdir.

Ushbu shahar Turkmanistonning Toshhovo’z viloyatida joylashgan.

Yozma manbalarga ko'ra Ko’hna Urganch Markaziy Osiyodagi eng muhim savdo-iqtisodiy markazlardan biri bo’lgan. Ko'p yillar davomida ushbu shahar  ilm-fan va san'at markazi vazifasini o’tagan.

Ko’hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo’lib, Faxriddin ar-Roziy, Mahmud Zamaxshariy va boshqa olimlar mana ushbu shaharda faoliyat ko’rsatgan.

Bugungi kunda Ko’hna Urganch ko'plab madaniy meroslarning vatani hisoblanadi. Shahar 2005 yilda YuNESKOning butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Shahar 1221 yilda mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan. Shahar talon-taroj qilinib binolar va kutubxonalar yoqib yuborilgan.

XIV asrning boshlarida esa Oltin Oʻrda taʼsiri ostida boʻlgan ushbu shaharda yana obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borildi.

Buyuk ipak yo'lida joylashgan ushbu qadim shaharda maqbaralar, qasrlar, minoralar, karvonsaroylar, masjidlar va boshqa me'moriy obidalar qurilgan. Tarixiy va me'moriy yodgorliklarning aksariyati XIV asrga to'g'ri keladi. Shahar bir necha bor vayron qilinganiga qaramay, ko'plab madaniy meroslar saqlanib qolgan.

 

Yangiliklar