06 Mart 2021 17:07
Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar tashkiloti (YTB) tomonidan har yili “YTB Turkcha mukofotlari” tanlovi o’tkaziladi.
Ma’lumki 2021- yil Turkiyada prezident R. T. Erdo'g'an tomonidan Yunus Emre va turk tili yili deb e'lon qilindi. Mana shu munosabat bilan tanlov bu yil “YTB Turkcha Yunus Emre maxsus mukofotlari” deb nomlandi.
Tanlovdan bosh maqsad xorijda yashovchi turklarning ona tilini va milliy ruhlarini saqlab qolishlarini ta’minlashdir.
Ushbu tanlov 4 nominatsiya bo'yicha bo'lib o'tadi. Har bir nominatsiya bo'yicha alohida tanlov komissiyasi tuziladi. Ishtirokchilardan turk tilidan to'g'ri foydalanish, grammatika va imloni to’g’ri qo’llash hamda ijodkorlik talab qilinadi.
Mukofotlar
Qissalar, she'rlar va insholar turkumida birinchi o'rin uchun 20 ming turk lirasi,
ikkinchi o'rin uchun 15 ming turk lirasi, uchinchi o'rin uchun 10 000 turk lirasi miqdorida pul mukofoti belgilangan.
Bundan tashqari, hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga sazovor bo'lgan bitta asarga 10 ming turk lirasi va Yunus Emre mukofoti beriladi.
Kitoblar turkumidagi eng yaxshi 5 g'olibning har biriga 20 ming turk lirasi beriladi.
Bundan tashqari, barcha nominatsiyalar bo'yicha eng yaxshi 10 ishtirokchiga kitob sovg'a qilinadi va YTB huzuridagi Yozuvchilar akademiyasida bepul o'qish imkoniyati beriladi.
Tanlov uchun murojaat qilish muddati 30-iyunda tugaydi
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2021-yil 30-iyunda yakunlanadi. Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o'z asarlarini va tegishli hujjatlarni turkceodulleri@ytb.gov.tr elektron manziliga yuborishlari kerak. 30 iyundan keyin qilingan murojaatlar qabul qilinmaydi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun www.ytb.gov.tr saytiga tashrif buyuring.