22 Kasım 2021 15:44
Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilning yanvar-oktyabr oylari uchun mamlakat iqtisodiyotining oʻsish maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Shunga ko‘ra, yilning o‘n oyida mamlakatda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,9 foizga oshdi.
Shu davrda xizmat ko‘rsatish sohasi 19,4 foiz, chakana savdo 10,5 foiz, sanoat tarmog‘i 9,5 foiz, tashqi savdo hajmi 8,5 foiz, qurilish sohasi 5,1 foizga o‘sdi.
Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasigacha 5-6 foizni tashkil etgan O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sishi 2020-yilda epidemiya tufayli 1,6 foizni tashkil etdi.