yevroosiyo-iqtisodiy-uyushmasining-tashqi-savdo-hajmi-844-2-milliard-dollarga-ye

Yevroosiyo Iqtisodiy Uyushmasining tashqi savdo hajmi 844,2 milliard dollarga yetdi

Yevroosiyo Iqtisodiy Uyushmasining tashqi savdo hajmi o'tgan yilga nisbatan 4,6 %ga oshgan va 844,2 milliard dollarni tashkil etgan.

28 Mayıs 2022 10:46

Qirgʻiziston raisligida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlat rahbarlarining sammiti onlayn tarzda boʻlib oʻtdi.

Sammitda kuzatuvchi davlatlardan O‘zbekiston Prezidenti Sh.  Mirziyoyev va Kuba Prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudes hamda ittifoqqa a’zo davlatlarning davlat rahbarlari ishtirok etdi.

Ittifoq kun tartibidan o‘rin olgan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy siyosat, ichki bozorlardagi to‘siqlarni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarning natijalari va xalqaro faoliyatlar muhokama qilindi.

Sammitga raislik qilgan Qirg’iziston Prezidenti S. Japarov, ittifoqning tashqi savdo hajmining 2021-yilda o’tgan yilga nisbatan 4,6 foizga ortib, 844 milliard 200 million dollarga yetganini aytdi.

Japarov, joriy yilning 4 oylik ko'rsatkichlariga to'xtalar ekan, ittifoqning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5,4 foiz, eksport 23 foiz, import esa 20,7 foizga o'sganini ma'lum qildi.

Yevroosiyoda yangi muammolarga duch kelganliklarini qayd etgan Japarov:

“Integratsiyamiz to’siqlarga qaramay barqaror rivojlanish ko’rsatishini o’zimizga va butun dunyoga isbotlashimiz kerak”,- dedi.

Barqaror oʻsish uchun ichki zaxiralarga toʻxtalar ekan, Japarov ittifoqning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ichki bozordagi toʻsiqlarni bartaraf etish, xizmat koʻrsatish bozorini liberallashtirish va umumiy moliya bozorini shakllantirish jarayonini yakunlash zarurligini taʼkidladi.

Qirg’izistonning Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yangi xalqaro savdo arxitekturasining qurilishini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidlagan Japarov, Indoneziya bilan erkin savdo hududi tashkil etilishi va Eron bilan erkin savdo hududining kengaytirilishi kerakligini ilgari surdi.

Belarussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko hozirda qiyin geosiyosiy va iqtisodiy sharoit kuzatilayotganligini aytdi.

“Biz pul va moliya bozoridagi muammolarni to'xtatishga muvaffaq bo'ldik. Biroq sanksiyalar kuchayib bormoqda”,-dedi u.

Qozog‘iston Prezidenti Q. J. To’qyev esa :

 “Mavjud geosiyosiy vaziyat uzoq muddatli bo‘lishini tushunish kerak va biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak”,-dedi.

Shuningdek u, YeOII tashkil etilganidan buyon Qozogʻistonning ittifoqqa aʼzo davlatlar bilan savdo hajmi 33 foizga, eksporti esa 55 foizga oshganiga eʼtibor qaratdi.

 

Yangiliklar