yevroosiyoda-covid-19-pandemiyasi

Yevroosiyoda COVID-19 pandemiyasi

Moldova, Belorusiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda koronavirusning yangi turi (COVID-19) pandemiyasi davom etmoqda.

07 Eylül 2020 11:33

O’zbekiston Sog’liqni Saqlash Vazirligining ma’lumot berishicha, ohirgi  bir kun ichida mamlakat bo’ylab koronavirus bemorlari soni yana 111 nafarga ortgan va 43 ming 587 nafarga yetgan.

Koronavirus tufayli yana 2 kishi halok bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatgich 347 nafarni tashkil etgan.

Sog’ayganlar soni esa 345 nafarga ortgan va 41 ming 225 nafarga yetgan bo’lib, bu bemorlarning 94 %i sog’ayganligini ko’rsatmoqda.

Hozirda ushbu davlatda 100 ming kishi karantin nazoratida bo’lib, 2 ming 15  kishi shifoxonada muolaja olmoqda.

Karantin 15-avgustdan e'tiboran bosqichma bosqich yumshatilgan O’zbekistonda ohirgi 3 kun ichida kuniga 300tadan kamroq koronavirus bemori aniqlanmoqda.

Yangiliklar