yuneskoning-nomoddiy-madaniy-meroslari-ro-yxatiga-kiritilgan-o-zbek-matosi-atla

YuNeSKOning nomoddiy madaniy meroslari ro’yxatiga kiritilgan o‘zbek matosi-atlas

Atlas bugungi kunda ham O’zbekistonda eng sevimli matolardan biridir.

28 Nisan 2022 15:04

Atlas ipakdan toʻqiladigan silliq matodir.

“Atlas” so’zi  arab tilida “silliq” degan ma`noni anglatadi.

Oʻzbek atlaslari rang-barang nafis  naqishga ega.

Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng sifatli navi xonatlas deb ataladi.

Odatda, atlas toʻrt tepkili dastgohda to’qilsa, xonatlas sakkiz tepkili dastgoxda toʻqiladi.

O’zbekistonda ayniqsa, Marg’ilon atlaslari mashhur. Chunki atlas to‘qish  bu yerda juda qadimlarda  boshlagan va boshqa joylarga ham aynan shu yerdan  tarqalgan deb hisoblanadi.  Bu yerda har yili “Atlas bayrami” an'anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tkaziladi.

Atlasdan odatda, ayollar liboslari, ko‘rpa-to’shak kabi buyumlar tikiladi.

YuNeSKO o‘zbek atlas va adrasni tayyorlash qadimiy texnologiyasini Nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatiga kiritgan.

Yangiliklar