
02 Mart 2021 11:01
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 21,1 milliard dollar davlat tashqi qarzi borligi ma’lum qilindi.
Bu haqida Moliya vazirligi hisobotida ma’lumot berilgan. Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, davlat tashqi qarzi so‘nggi 2 yil ichida 2 barobarga oshgan.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko’ra O‘zbekiston davlat qarzi 23,3 milliard dollarni ya'ni yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko’ra tashqi qarz 21,1 milliard dollarni ya'ni YaIMga nisbatan 36,5 foizni tashkil etdi.
Davlatning ichki qarzi esa 23,3 trillion so‘mni ya'ni 2,2 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu qarzning 400 million dollari qimmatli qog‘ozlarga, 1 milliard 800 million dollari esa hukumat kafolati ostidagi ichki qarzga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Moliya vazirligi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foiziga yetguniga qadar xavfsiz hisoblanishini bildirgan edi.