o-zbekistonning-tashqi-qarzi-1-yanvar-holatiga-ko-ra-23-6-milliard-dollarni-tash

O‘zbekistonning tashqi qarzi 1 yanvar holatiga ko‘ra 23,6 milliard dollarni tashkil etgan

2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi 23,6 milliard dollarga yetdi.

01 Mart 2022 13:50

Oʻzbekiston Moliya vazirligi mamlakatning tashqi qarzi boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatning tashqi qarzi 23,6 milliard dollarga yetgan va bu 2021-yilgi yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 34 foizini tashkil etadi.

Mamlakatning tashqi qarzi 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan 2,5 milliard dollarga oshgan bo‘lsa, tashqi qarzning 17 milliard dollari bevosita davlat hisobiga, 6,6 milliard dollari esa davlat kafolatiga olindi.

O‘tgan yili olingan jami tashqi qarzning 2,2 milliard dollari byudjet, 3,1 milliard dollari elektr-energetika, 2,9 milliard dollari neft va gaz, 2,6 milliard dollari transport va avtomobil yo‘llari, 2,4 milliard dollari qishloq xo‘jaligi, 2,1 milliard dollari kommunal xizmatlarga, 1,2 milliard dollari kimyo sanoatiga, 700 million dollari taʼlim va sogʻliqni saqlashga, 200 million dollari telekommunikatsiyaga, qolgani boshqa sohalarga oʻzlashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki 5,2 milliard dollar, Jahon banki 4,3 milliard dollar, Xitoy Eksimbanki 2 milliard dollar, Xitoy taraqqiyot banki 2,2 milliard dollar bilan Oʻzbekistonga eng koʻp kredit bergan davlatlar va xorijiy moliya institutlari qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston 2021-yilda 1 milliard 351,3 million dollar tashqi qarz to‘lagan bo‘lsa, uning 875,8 million dollari asosiy to‘lovlar, 475,5 million dollari esa foiz to‘lovlaridan iborat bo’lgan.

Mamlakatning tashqi qarzi 2018-yil 1-yanvarda 7,6 milliard dollarni, 2020-yil 1-yanvarda 15,7 milliard dollarni, 2021-yil 1-yanvarda esa 21,1 milliard dollarni tashkil qilgan.

 2021-yil 1-yanvar holatiga ko’ra  tashqi qarz mamlakat yalpi ichki mahsulotining 35,2 foizini tashkil etdi.

Yangiliklar