
31 Ekim 2021 16:13
Issiqko'll viloyatida joylashgan Oltin Arashan vodiysi tabiatbmo''jizadir. U o‘zining qorli tog‘lari, archa o‘rmonlari, binafsha gullari, oq daryosi, sharsharalari, issiq buloqlari va hovuzlari bilan kishini maftun etadi.
Vodiydagi daryo qirg'og'ida sovet davridan qolgan bir nechta dam olish uylari joylashgan.
Qorako'l shahridan atigi 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Oltin Arashan yozning jaziramasidan va shahar shovqinidan uzoqlashishni istaganlar uchun eng qulay makonlardan biridir.
Atlin Arashan vodiysi go'zal tog' chiqish yo'llari sababli alpinistlarning ham sevimli markazidir.
Dengiz sathidan 5000 metr balandlikda joylashgan "Palatka" cho'qqisi mintaqadagi eng qulay toqqa chiqish yo'llaridan biri sifatida tanilgan.