ozbekistonning-tarixiy-xiva-shahrida-turk-dunyosi-madaniy-poytaxti-tadbiri-o

O'zbekistonning tarixiy Xiva shahrida "Turk dunyosi Madaniy poytaxti" tadbiri o'tkazildi.

Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti - TURKSO'Y tomonidan "Xiva-2020 turk dunyosi madaniy poytaxti" ochilish dasturi Xivada bo'lib o'tdi

16 Eylül 2021 13:30

2020 yilda O'zbekistonning Xiva shahri TURKSOY tomonidan "Turk dunyosining madaniy poytaxti" deb e'lon qilindi. Biroq, 2020 yilda pandemiya tufayli bu doiradagi tadbirlar o’tkazilmagan edi.

Qadim Ichan qal’ada "Xiva - turk dunyosining madaniy poytaxti" mavzusida xalqaro marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda 500ga yaqin ijodiy guruh ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan san'atkorlar Ichan qal'a ko'chalarida an'anaviy qo'shiq va raqslarni ijro etishdi.

Tadbir doirasida TURKSOY tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosi madaniy poytaxti" nomli fotoko'rgazma ham ochildi. Ko'rgazmada taniqli rassomlarning asarlari namoyish etilgan.

Shuningdek, O'zbekistonning an'anaviy motiflarini aks ettiruvchi modalar namoyishi bo'lib o'tdi.

"Xiva - turk dunyosining madaniy poytaxti" marosimini O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Marosimdagi nutqida u TURKSOYga Xivani turk dunyosining madaniy markazi deb e'lon qilgani va uni dunyoga tanitgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

TURKSOY Bosh kotibi o'rinbosari Bilal Chakiji, "Turk dunyosi madaniyat poytaxti" loyihasining turkiyzabon xalqlar orasida katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi. U turkiyzabon xalqlarning ochilish marosimida ishtirok etish katta sharaf ekanligini ta'kidladi.

Marosimda YuNESKO bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo'yicha o'rinbosari Gabriela Ramos ham ishtirok etdi. Uning aytishicha, Xiva - insoniyat tarixidagi eng muhim shaharlardan biri.

Kirish so'zidan so'ng, TURKSOY Bosh kotibi o'rinbosari Bilol Chakiji O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Xiva shahar hokimi Timur Davletovga "Xiva - turk dunyosining madaniy poytaxti" sertifikatlarini topshirdi.

Ochilish marosimidan teatrlashtirilgan ko'ngilochar dastur ham joy oldi.

Ochilish marosimida Qirg’iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar vaziri Kayrat Imanaliyev, Xalqaro turk akademiyasi prezidenti Darxan Kidirali, Xorijdagi turklar va qarindosh hamjamiyatlar raisi o’rinbosari Sait Yusuf va TRT Avaz koordinatori Sedat Sag’irkaya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi.

 

 

Yangiliklar