qozog-istonda-milliy-motam-kuni-munosabati-bilan-turkiy-davlatlar-tashkilotida

Qozog‘istonda Milliy motam kuni munosabati bilan Turkiy davlatlar tashkilotida bayroqlar yarim balandlikka tushirildi

Istanbuldagi Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyatida osilgan a’zo va kuzatuvchi davlatlarning bayrog'i yarim balandlikka tushirildi.

19 Ocak 2022 10:39

Tashkilot tomonidan berilgan bayonotda, “Prezident Qosim Jo’mart To’qayev qarori bilan Qozog‘istonda sodir bo‘lgan terror hodisalarida halok bo‘lganlar uchun 2022-yil 10-yanvar milliy motam kuni deb e’lon qilindi”, - deyiladi.

Bayonotda, ushbu motam kunida TDT bosh qarorgohida aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning bayroqlari yarim balandlikka tushirilgani taʼkidlangan va quyidagilar qayd etilgan:

"Qardosh Qozog‘iston xalqi va hukumati bilan hamisha hamjihat bo‘lgan TDT, sodir bo‘lgan voqealarda halok bo‘lganlarga Ollohdan rahmat, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini va mamlakatning tezroq normal hayotga qaytishini tilaydi”.

Yangiliklar