qozogiston-prezidenti-qosim-jomart-toqayev-bayonot-berdi

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev bayonot berdi

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev voealar rivojidan qat'iy nazar Qozogʻistonning poytaxti Nursultonda qolishini e'lon qilgan

06 Ocak 2022 12:48

Telekanallar orqali jamoatchilikka murojaat qilgan Q. J. To’qayev  namoyishlar chog‘ida namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga keng miqyosda hujum qilganini aytdi.

Xavfsizlik kuchlari orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar borligini aytgan Q. J. To’qayev  namoyishchilarning askarlarni kaltaklagani va do'konlarni talon-taroj qilganligini qoraladi.

Mavjud vaziyatning Olmaota aholisi xavfsizligiga tahdid solayotganini tilga olgan Q. J. To’qayev, xuddi shunday holat ayrim shaharlar bilan bir qatorda Olmaotada ham kuzatilganini bildirdi.

Favqulodda holat e'lon qilganliklarini eslatgan Q. J. To’qayev , “Men Prezident sifatida fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini, mamlakat yaxlitligini ta’minlashim kerak”,-dedi.

 

"Bu masala mamlakat xavfsizligi bilan ham bog'liq "

 

Bu choralar yetarli emasligini taʼkidlagan Q. J. To’qayev bezori unsurlarning xatti-harakatlari fitnachilar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilib, puxtalik bilan tayyorlangan reja ekanligini aytgan.

“Prezident sifatida, bugundan boshlab Xavfsizlik kengashi raisi sifatida, ushbu vaziyatni  imkon qadar  bartaraf etish niyatidaman.

Bu masala menga murojaat qilgan, hayoti va oilasi himoya qilinishini istagan fuqarolarimizning xavfsizligi haqida. Bu masala mamlakatimiz xavfsizligi bilan bog‘liq”, — dedi Q. J. To’qayev.

Jamoatchilik uni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlagan Q. J. To’qayev so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:

“Nima boʻlsa ham, men poytaxtda (Nursulton)da boʻlaman. Xalq tarafida bo‘lish mening konstitutsiyaviy burchimdir. Qozog‘iston tarixidagi bu qora chiziqni birgalikda yengamiz. Biz bundan kuchliroq bo’lib chiqamiz”.

Q. J. To’qayev yaqin orada siyosiy o‘zgarishlar bo‘yicha yangi takliflar bilan bayonotlar berishini va mamlakatdagi islohotlarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirmaganini qo‘shimcha qildi.

 

Qozog'istondagi vaziyat

Qozog‘iston g‘arbida 2-yanvardan boshlab gaz narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashgani, mamlakatning boshqa hududlariga ham yoyilgani sabab norozilik namoyishlari boshlandi.

Ko'cha voqealariga aylangan namoyishlarda xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi. Harbiy mashinalarni yoqib, hukumat binolariga kirgan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlari ovozli bombalar bilan javob berdi.

Qozog‘iston prezidenti Q. J. To’qayev hukumat iste’fosini qabul qilib, norozilik namoyishlari uchun hukumatni javobgar deb topdi.

Namoyishlar ayrim viloyatlarga tarqalgach, poytaxt Nursulton, Olmaota shahri va Mang‘istau viloyatlarida Favqulodda holat e’lon qilindi.

Yangiliklar