turkiya-ozarbayjon-vengriya-qozogiston-ozbekiston-turkmaniston-va-qirgiz

Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston va Qirg'iziston milliy futbol assotsiatsiyalari hamkorlik memorandumini imzoladilar

Turk Kengashi mamlakatlarining hamkorlik memorandumi futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan

15 Nisan 2021 11:50

Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston va Qirg'iziston milliy futbol assotsiatsiyalari ko'p tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Memorandum onlayn tarzda imzolandi. Uchrashuvni Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Nihat O'zdemir ochdi.

Turkiyzabon mamlakatlarning memorandumi assotsiatsiyalar o'rtasida futbol bo'yicha hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan. Futbol assotsiatsiyalari murabbiylarni tayyorlash, hakamlar almashinuvi va ularning mashg'ulotlari, shuningdek turli yoshdagi terma jamoalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish va Turk Kengashi kubogini o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Nihat O'zdemir bu kelishuvni “tarixiy voqea”  deb baholadi.

“Biz Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining futbol federatsiyalari sifatida sport sohasida tarixiy shartnomani imzolamoqdamiz. 2009 yilda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, a'zo davlatlar o'rtasida keng hamkorlikni rivojlantirish va umumiy rivojlanish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan umumiy tarix, umumiy til va umumiy madaniyat bayrog'i ostida Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Vengriya, Turkmaniston, O'zbekiston va Turkiya turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirmoqda va 20 dan ortiq yo'nalishlarda faol hamkorlik qilmoqda”, - dedi u.

 

 

 

Yangiliklar